Bugun, 24-mart kuni soat 10:30 da Andijon viloyati, Andijon shahar, “Mustaqillik” MFY, E.Ashurov ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:34 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:37 da o‘rab olingan va soat 10:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida uyning 30 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli uyning 100 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolinib, boshqa tutash uylarga tarqalishi oldi olindi.
Yong‘indan tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32609 | Инструменты