Huawei 1
Apellyatsiya instansiyasi ham Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi apellyatsiya sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmatiga tayanib Daryo.uz xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, apellyatsiya instansiyasi ham Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi. Birinchi instansiyaning qarori to‘liq o‘z kuchida qoldi.

Sentyabr oyida Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekani tasdiqlangandi.

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi da’vogar Qodirov Botir Sheraliyevichni javobgarlar Jo‘rayev Shohjahon Sherali o‘g‘li va Jo‘rayev Zohirshoh Sherali o‘g‘liga nisbatan otalik tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, qaror qiladi:

“Da’vogar Qodirov Botir Sheraliyevichni  javobgarlar Jo‘rayev Shohjahon Sherali o‘g‘li va Jo‘rayev Zohirshoh Sherali o‘g‘liga nisbatan otalik tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum 2023-yil 4-sentyabrda vafot etgan Sherali Jo‘rayev 1981-yil 5-mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichga nisbatan otalik fakti belgilansin”. 

“1981-yil 5-mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichni Andijon shahar FHDY bo‘limida 1983-yil 11-martda 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomaning ota ustuniga Sherali Jo‘rayev deb ko‘rsatilsin”, dedi sudya Lola O‘tanboyeva.

Uning aytishicha, hal qiluv qarori bir oydan keyin kuchga kiradi. Qarordan norozi taraflar shu sud orqali Toshkent shahar sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin.

“Shuningdek, Adliya vazirligi huzuridagi Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tomonidan taqdim etilgan xulosalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan Adliya vazirligiga xususiy ajrim chiqaradi”, dedi sudya.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111819 | Инструменты