Huawei 1
Zelenskiy Baydenning Rossiyaga zarba berishga ruxsat bergani haqidagi xabarni izohladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “The New York Times” gazetasining AQSH Prezidenti Jo Baydenning Rossiya hududiga uzoq masofali G‘arb raketalari bilan zarba berishga ruxsat bergani haqidagi ma’lumotiga izoh berdi. Zelenskiy bunday ruxsat olganini bevosita tasdiqlamadi.

“Ukrainani mustahkamlash rejasi men sheriklarimga taqdim etgan G‘alaba rejasidir. Asosiy nuqtalardan biri armiyamiz uchun masofa. Bugun ko‘plab ommaviy axborot vositalarida tegishli choralar ko‘rish uchun ruxsat olganimiz aytilmoqda. Ammo zarbalar so‘z bilan emas. Bunday narsalar e’lon qilinmaydi. Raketalar o‘zlari uchun gapiradi”, dedi Zelenskiy kechki nutqida.

Avvalroq “The New York Times” gazetasi Bayden birinchi marta ukrainalik harbiylarga Rossiyaga zarba berish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani, “Reuters” agentligi esa Ukraina yaqin kunlarda Amerikaning uzoq masofali raketalari bilan Rossiyaga zarba berishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

“Le Figaro”ning yozishicha, Fransiya va Buyuk Britaniya ham Ukrainaga Rossiya hududiga hujum qilish uchun uzoq masofali SCALP va Storm Shadow raketalaridan foydalanishga ruxsat bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111821 | Инструменты