Huawei 1
O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet ellik shaxslarga oid qonun kuchga kirdi

O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet ellik shaxslarga oid qonun kuchga kirdi. 

Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risi”dagi qonunga O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo, milliy, diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning “O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati”ga kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni ushbu ro‘yxatga kiritish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashining, Senat kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimnomasiga asosan amalga oshiriladi. Ro‘yxat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritiladi.Ro‘yxatga tushgan shaxslarga 5 yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi. Bunda ular O‘zbekistonda hududidagi o‘z mulkini sotishi yoki hadya qilishi mumkinChet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uni ro‘yxatga kiritishning tegishli asoslarini ushbu muddat ichida bartaraf etmagan taqdirda, ro‘yxatda bo‘lish muddati 5 yilga uzaytirtiladi. Asoslar barataf etilganidan keyin shaxs ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi murojaatiga yoxud uni ro‘xatga kiritish haqida taqdimnoma bergan tegishli davlat ortganining iltimosnomasiga asosan muddatidan ilgari ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111821 | Инструменты