Huawei 1
AQSHda o‘tkazilgan anʼanaviy gastronomik festivalda o‘zbek to‘y oshi tayyorlandi

AQSH poytaxtida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Embassy Chef Challenge” gastronomik festivalida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Vashingtonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar, madaniy-gumanitar, taʼlim, jamoat tashkilotlari va AQSH biznes doira vakillarini bir maydonga jamladi.

Festival doirasida “Pazandachilik diplomatiyasi oqshomi” mavzusida o‘tkazilgan taomlar namoyishi diplomatik missiyalarga o‘zlarining milliy oshxonalari salohiyatini namoyish etish imkoniyatini berdi.

O'zbekiston elchixonasi vakillari O‘zbekistonning turistik va gastronomik salohiyati, madaniy urf-odatlarmiz va o‘zbek milliy oshxonasining asosiy taomlarini taqdim etishdi.

O‘zbekiston stendi festival tashkilotchilari va mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Xususan, maxsus tayyorlangan to‘y palovi mehmonlarning alohida qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, ishtirokchilar Qo‘qonning mashhur holvalarini tatib ko‘rishdi va ular ushbu milliy shirinliklarni sotib olish istaklarini bildirdilar.

Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari va O‘zbekistondagi gastronomik turizm haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, o‘zbek xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22018 | Инструменты