AQShda o'zbek raqslari tarixi va xoreografiyasi bo'yicha ikki haftalik trening tashkil etildi
O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi o'zbek madaniyati va san'atini ommalashtirish doirasida Amerikaning «Silk Road Dance Company» kompaniyasi bilan birgalikda milliy raqs san'atini o'rgatish bo'yicha «Central Asian Dance Camp 2020» ikki haftalik onlayn treningini tashkil etdi.
O'zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan tadbirda AQShning 11 shtatidan vakillar ishtirok etdi. Jumladan, Virjiniya, Kaliforniya, Kentukki, Kolorado, Luiziana, Massachusets, Merilend, Ogayo, Kolumbiya okrugi, Tennessi va Florida kabi mintaqalar raqs ixlosmandlari ikki hafta davomida o'zbek raqsidan saboq oldi.
Ushbu treningning Amerika tomonidan tashkilotchisi dunyoga mashhur olim, «Silk Road Dance Company» rahbari Laurel Grey bo'ldi. U 1984 yil Amerikada O'zbekiston raqs va madaniyat jamiyatiga asos solgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты