"Zagram" pasport olmasdan ham grin-karta o‘ynasa bo‘ladimi?
Grin-karta uchun arizalar qabuli 5-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan boshlangani haqida xabar bergan edik.
Xo'sh, qaysi davlat fuqarolari Green Card lotereyasini o‘ynashda ishtirok eta olmaydi?
Hozirda Kanada, Braziliya, Bangladesh, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Gaiti, Gonduras, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Vetnam va Buyuk Britaniya fuqarolari "Green Card" lotereyasida qatnasha olmaydi.
Ya’ni ariza topshirish uchun ishtirokchi lotereyani o‘ynash ruxsat berilgan davlatda tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Ro‘yxat har yili AQSH Davlat departamenti tomonidan belgilanadi.
Ushbu ro‘yxatga dunyoning barcha mamlakatlari kiradi, istisno qilinganlar bundan mustasno.
Anketada ishtirok etuvchi mamlakat sifatida aynan tug‘ilgan mamlakat ko‘rsatilgan! Ya’ni ishtirok etayotganingizda qaysi davlatda yashashingiz va qaysi davlat fuqarosi ekanligingiz muhim emas. Qayerda tug‘ilganingiz muhim. Ushbu qoidada ikkita istisno mavjud bo‘lib, ular ba’zi hollarda hatto qatnashish ruxsat berilmagan mamlakatda tug‘ilganlar ham ishtirok etishga imkon beradi, qachonki agar "cheklangan" mamlakatda tug‘ilgan fuqaro "ruxsat berilgan" mamlakatda tug‘ilgan fuqaro bilan turmush qurgan bo‘lsa.
Agar "cheklangan" mamlakatda tug‘ilgan fuqaroning ota-onasi ruxsat berilgan mamlakatda tug‘ilgan va ruxsat berilmagan mamlakatda doimiy istiqomat qilmagan bo‘lsa, unda lotereyada ishtirok etishi mumkin.
Xorijga chiqish pasportini olmasdan ham grin-karta o‘ynasa bo‘ladimi?
Bu yil ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘ldiriladigan anketa savollari qisqargan. Savollar orasidan talabgorning pasport seriyasi va raqami, pasport berilgan mamlakat, pasportning amal qilish muddati haqidagi bandlar chiqarib tashlandi.
Lotereyaning avvalgi yillardagi qoidalarida nomzodning aynan xorijga chiqish pasporti bo‘lishi kerakligi aniq yozib qo‘yilgan edi. Endilikda har qanaqa pasport ma’lumotlarini kiritish talabi bekor qilingani natijasida, O‘zbekiston fuqarolari dasturda qatnashish uchun qizil pasport olish majburiyatidan xalos bo‘ldi.
Bu degani 2022-yildan boshlab o‘zbekistonliklar ID karta yoki mahalliy yashil pasport bilan ham grin-karta lotereyasini o‘ynashi mumkin. Qizil pasport esa keyinroq, yutuq chiqqan taqdirdagina kerak bo‘ladi va uni o‘sha paytda ham olsa bo‘ladi.
Aslida 2019-yilgacha bo‘lgan davrda ham grin-karta o‘ynovchilardan pasport ma’lumotlari so‘ralmas edi. Bunaqa talab uch yil oldin, migrantlarni xushlamaydigan Donald Tramp prezidentligi paytida kiritilgan edi. Lekin 2022-yil fevral oyida AQSh federal sudi bu talabni noqonuniy deb topdi.
Gap shundaki, bu lotereya – AQShga keluvchi immigrantlar orasida millatlar xilma-xilligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Bu dastur Amerikaga immigratsiya ko‘rsatkichlari tarixan kam bo‘lgan xalqlar vakillariga AQShga ko‘chib kelishga imkon beradi. Lekin bunday mamlakatlarda yashovchilarning hammasida ham pasport olishga puli bo‘lmasligi mumkin. AQSh hukumati esa hali lotereyada yutish-yutmasligi noaniq bo‘lgan millionlab odamlardan pasport talab qilib, ularning lotereya o‘ynash imkoniyatini cheklab qo‘ygan edi. Buning natijasida oxirgi yillarda dunyo bo‘ylab grin-karta o‘ynaydiganlar soni 23 milliondan 13 millionga kamayib ketdi. Federal sud shu va boshqa omillarni inobatga olib, hukumatning talabini lotereya haqida 1990 yilda qabul qilingan qonun mohiyatiga zid deb hisobladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20406 | Инструменты
Salom