Xabaringgiz bor, bugundan OTMlarga kirishda test sinovlari boshlandi. Har yili bu jarayonda telefon olib kirmoqchi bo’lganlar, shpargalka yashirganlar va shu kabi turli yo’llar bilan “g’irromlik” qilmoqchi bo’lgan abituriyentlar topiladi. Bu yil ham imtihon jarayonlarining birinchi kunidanoq mana shunday holatlar aniqlandi.
Telegramdagi ayrim kanallarda test jarayonida tushirib olingan rasmlar tarqaldi. Bunga Davlat test markazi rasmiy bayonot berdi.
Xabar aytilishicha, telefon va “shpargalka” olib kirgan abituriyentlarga dalolatnoma tuzilib, test sinovidan chetlashtirilgan.
“Archa bayramni buzib qo‘yganimiz uchun “uzr so‘raymiz”. Abituriyent telefon olib kirishni uddalasa, Davlat test markazi ularni aniqlab, chetlatishni uddalaydi. Marhamat, sizlar turli rasmlarni telegram kanallarda e’lon qilishda davom etavering, biz esa barchasi nazoratda ekanini ko‘rsatib beramiz hamda jarayonlar shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlaymiz”, - deyiladi DTMning bayonotida.
Bunday holatlardan biri Farg’onadagi kimyo fanidan o’tkazilgan sinovda kuzatilgan.
Ikkinchi holatda esa Matematika fanidan savollar aks etgan. Lekin rasmi tarqagan bu test kitob 8-avgust kuni o‘tkazilgan kirish imtihonlariga taalluqli emasligi aniqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13020 | Инструменты