Huawei 1
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish tartibi belgilandi

“Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to'g'risidagi yo'riqnoma” Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Mazkur Yo'riqnoma atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash tartibini belgilaydi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish uchun tayyorgarlik ko'rish;

- atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazishda o'lchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish;

- atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish natijalarini rasmiylashtirish;

- atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish natijalarini kelishish va tasdiqlash.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Obyekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o'tkazish natijalari bo'yicha tuzilgan materiallar rasmiylashtiriladi va obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda, ushbu materiallar obyekt rahbari tasdiqlagan kundan e'tiboran bir ish kun ichida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining hududiy organiga ko'rib chiqish uchun taqdim etiladi va ular taqdim etilgan kundan e'tiboran 15 kun ichida ko'rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122315 | Инструменты