Navoiyda joriy yil boshidan buyon 1599 nafar haydovchi spirtli ichimlik taʼsirida avtomobil boshqarganligi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida yirik korxona va tashkilotlar, kafe-barlar, restoranlar hamda mahallalarda fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
YPX xodimlari haydovchilarga spirtli ichimlik isteʼmol qilmaslikni, isteʼmol qilingan hollarda esa yollanma haydovchi xizmatidan foydalanishni tavsiya etishmoqda.
Maʼlumot o‘rnida, haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda BHMning 25 baravari = 9 375 000 so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122318 | Инструменты