Huawei 1
Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 21 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytib, shundan 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xatirchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.I. fuqaro Yo.Sh.ni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 000 AQSH dollari va 6,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatla yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlaoi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122317 | Инструменты