“Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan” asosiy talablar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3684-son, 08.10.2025 y).
Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
- atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligining ehtimoliy ko‘rsatkichlarini hisoblash;
- og‘ir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;
- atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;
- atom elektr stansiyasi bloki tizimlarini (elementlarini) modernizatsiya qilish tadbirlarining atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligiga taʼsirini baholash.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
- xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan atom elektr stansiyasi bloki tizimlarining ishonchliligini baholash;
- nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;
- loyihaviy avariyalar uchun boshlang‘ich hodisalar ro‘yxatini asoslash;
- loyihadan tashqari avariyalar ro‘yxatini asoslash.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot masʼul hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100818 | Инструменты