Huawei 1
Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

O‘zbekiston Aralash jang sanʼati (MMA) assotsiatsiyasiga yangi raisi etib ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Instagram sahifasida xabar berildi.

U ushbu lavozimda mudofaa vaziri Bahodir Kurbanov o‘rnini egalladi. Aziz Toshpo‘latov ayni paytda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi hamdir.

O‘zbekistonda Aralash jang sanʼati (MMA) federatsiyasi 2018 yil mart oyida tuzilgan bo‘lib, o‘shanda uni professional kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Sunnat Ilyasov boshqargan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100814 | Инструменты