Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankdan kredit kartalar amaliyotini tekshirishni so‘radi

Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankka tijorat banklarining kredit karta amaliyotlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan so‘rov yubordi, deya xabar berdi qo‘mita axborot xizmati.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi turmush tarzini oshirish maqsadida turli shakldagi kreditlar ajratish siyosati qo‘llab-quvvatlab kelinyapti. Biroq ushbu amaliyotlarda ayrim banklar taqdim etgan kredit kartalaridan kommunal xizmatlar, o‘qish, tibbiyot va sug‘urta hamda soliq kabi to‘lovlar ham naqd pulga yechishga tenglashtirilgan. Ulardan foiz va komissiyalar undirilayotgani esa aholining e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Yuqoridagilarni inobatga olib, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 4-, 12-, 19-,21- va 23-moddalariga muvofiq:

- davlat va nodavlat banklar faoliyatini o‘rganib chiqish va ularning faoliyatini kredit kartalari foiz masalalarini qayta ko‘rib chiqish;

- iste’molchilar manfaatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish hamda asossiz olingan xizmat haqi pullarini qaytarish choralarini ko‘rish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan tartibda so‘rov yubordi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100818 | Инструменты