Huawei 1
Aviatsiya hodisalarini O‘zbekistonda tekshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

"Fuqaro havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini O‘zbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga aviatsiya hodisalarini tekshirish jarayonini fuqaro aviatsiyasi xalqaro standartlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi" Hukumat qarori (628-son, 07.10.2025 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 noyabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini O‘zbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, maksimal massasi 2250 kilogramm va undan kam bo‘lgan havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya insidentlari va jiddiy aviatsiya insidentlarini tekshirish aviatsiya korxonalari tomonidan parvozlar xavfsizligini boshqarish bo‘yicha qo‘llanma doirasida amalga oshiriladi.

Tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- aviatsiya halokati yoki insidenti to‘g‘risidagi barcha tegishli maʼlumotlarni to‘plash, qayd etish va tahlil qilish;

- aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish bilan bog‘liq baʼzi yozuvlarni himoya qilish;
- zarur hollarda, parvozlar xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

- imkon bo‘lsa, sabablarni va/yoki taʼsir etuvchi omillarni aniqlash;

- yakuniy hisobot tuzish.

Aviatsiya halokatlari va insidentlari tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonida komissiyaga barcha ashyoviy dalillar kechiktirilmasdan taqdim etiladi va ularning to‘liq nazorati beriladi. Boshqa turdagi tekshiruv va muhokamalar tekshiruv komissiyasi ishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100916 | Инструменты