Huawei 1
“Avitsenna” nomi ostida O'zbekistonning tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi

“O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar belgilandi:

- “Tibbiy xizmatlar mehmondo'stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi;

- davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;

- konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko'rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

- “Avitsenna” nomi ostida O'zbekistonning tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;

- toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo'lga qo'yiladi;

- tog'li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud bo'lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;

- 2025-yil 1-aprelgacha internet tarmog'i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog'lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to'lovi to'lashdan ozod qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92513 | Инструменты