Huawei 1
Avtomobillar bilan bog‘liq mingdan ortiq murojaatlar ijobiy hal etildi

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolardan avtomobillar, ularning sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida taʼmirlashda muammolar yuzaga kelayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlari kelib tushmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati Hududiy boshqarmasiga Yangiariq tumanida yashovchi S.M. o‘z turmush o‘rtog‘i nomiga “Avto-Layner Xorazm” MCHJ bilan shartnoma bo‘yicha “Gentra” rusumli avtomobil uchun 146 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Avtomashina kechiktirib yetkazib berilgan. Ammo unga jamiyat tomonidan bir yildan buyon kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotgani bo‘yicha murojaat qilgan.

O‘rganishlarda murojaatlarda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi. Yaʼni avtomobil shartnoma shartlarida keltirilgan muddatdan kechikib yetkazib berilgani maʼlum bo‘ldi. Olib borilgan tushuntirishlar natijasida fuqaroga “Avto-Layner Xorazm” MCHJ tomonidan 850 000 so‘m miqdoridagi kompensatsiya pullari to‘lab berilishi taʼminlandi.

Shu kabi holatlar Toshkent, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatida ham kuzatilgan. Jumladan, Samarqand viloyati Hududiy boshqarmaga fuqaro Sh.Yu. tomonidan sotib olingan yangi “Tracker 2 LTZ” rusumli avtomashinasi dvigatel qismi nosoz chiqqani, ammo sifatlisiga almashtirib berilmayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan. Fuqaro murojaati asosida “A.B.S” MCHJga qarashli avtosalon tomonidan mazkur avtomashina texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va haqiqatan ham uning dvigatelida nuqsoni borligi aniqlandi. Natijada “A.B.S” MCHJga qarashli avtosalon tomonidan avtomobilga yangi dvigatel o‘rnatilib, avtomobilning sozligi taʼminlandi.

Fuqarolarning isteʼmol huquqi yuzasidan o‘z vaqtida qilgan o‘rinli murojaatlari o‘rganilib, ular foydasiga hal etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121721 | Инструменты