Huawei 1
Ayolining tanasiga pichoq bilan zarar yetkazgan sanitarga hukm o‘qildi

Qorako‘l tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat-uyida sanitar bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro A.E. turmush o‘rtog‘i M.J. tanasining turli qismlarini qurilish pichog‘i bilan kesib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi tomonidan unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi qo‘llanildi.

Holatga ko‘ra, fuqaro M.J. o‘zi va ro‘zg‘or xarajatlari uchun turmush o‘rtog‘i A.E.dan pul so‘ragan. A.E. xotiniga pul bermasligini, bu pullarni uy-joy to‘lovlari uchun sarflashini aytgan. Biroq, ro‘zg‘ordagi yetishmovchilikni qoplash va ikki nafar farzandiga zarur kiyim-boshlar olish uchun M.J. so‘roqsiz, ammo, uning ma’lum miqdorini ishlatish uchun turmush o‘rtog‘ining plastik kartasini o‘zi bilan olib ketgan. Jazavaga tushgan A.E. xotini M.J.ning ishxonasiga bostirib borgan va er-xotin qattiq janjallashishgan. Xotinini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan. Va xotinini qo‘rqitib qo‘yish uchun unga tarsaki tushirgan, ayol yiqilib tushgan va yig‘lab, erini haqoratlagan. Battar jahllangan er esa yerda yotgan qurilish pichog‘i (aboy noj)ni olib, xotiniga tahdid qilgan. M.J.ning qo‘l va bo‘yin qismi terisini kesgan. Chap qo‘l 4, 5-barmoqlari yozuvchi payini jarohatlab, chap qo‘l panja, chap qo‘l bilak, pastki lab ostidagi va bo‘yin sohalariniyam pichoq sanchib kesib, unga o‘rta og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Xotinining qo‘l va bo‘ynidan qonlar oqayotganini ko‘rgan A.E. o‘zi qo‘rqib qolgan va birinchi tibbiy yordam bermay, voqea joyida qochgan.

Sovuq qurol sifatida foydalanilish mumkin bo‘lgan qurilish pichog‘idan o‘ta shafqatsizlik bilan foydalangan A.E. sudda o‘z aybiga iqror bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan ayblangan A.E.ga nisbatan uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10814 | Инструменты