AOKAda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokidagi brifingda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
O‘tgan yil davomida mamlakatimiz miqyosida 4 644 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi va buning natijasida qo‘shimcha 170 mingdan ortiq bola o‘rni yaratildi. Ushbu bog‘chalarning 86 tasi davlat, 57 tasi DXSH asosida tashkil etilgan nodavlat, 10 tasi xususiy hamda 4 491 tasi oilaviy nodavlat bog‘chalardir.
Bolalalarni maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 76 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 96 foizga yetkazildi.
Kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy etilgan maktablar soni 289 taga, yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 500 taga, ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar soni 354 taga yetkazildi.
Maktablarda xorijiy tillarni ommalashtirish maqsadida xorijiy davlatlardan 500 nafar chet tili fani o‘qituvchilari jalb etildi. Til bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega xorijiy til o‘qituvchilarining soni 29 ming nafardan oshirildi.
Umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 132 nomdagi yangi darsliklar yaratilib, 40 mln.dan ortiq nusxada chop etildi. 7 mingga yaqin davlat bog‘chalari 49 nomdagi o‘quv-metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlandi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan xalqaro miqyosdagi turli fan olimpiadalarida jami 128 ta, jumladan 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты