Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaroning to‘yi munosabati bilan to‘y korteji tuman markazida guruh bo‘lib harakatlangan. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mashinadan tanasini chiqarib, videotasvirga olib ketayotgan operator mashinasi viloyat IIB YHXB haydovchi operatori tomonidan to‘xtatilib, qonuniy chora ko‘rilishi bildirilgan.
Biroq kuyov va uning do‘stlari bu holatga qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasini o‘tayotgan xodim bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazgan.
Holat jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan 27 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.
MIB Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan kuyovdan 27 mln 200 ming so‘m miqdoridagi jarima pullari undirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты