“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PQ-226-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:
— sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to'lab borish tartibini takomillashtirish;
— sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yo'li bilan aniqlash tartibini belgilash;
— sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibini takomillashtirish;
— yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy bo'shliqlarni bartaraf etish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122602 | Инструменты