Huawei 1
Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori (515-son, 14.08.2025 y.) bilan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga quyidagi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi:

- turar joyida artezian qudug‘i qazish;

- suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda o‘rnatish.

Subsidiya mazkur xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.

Ushbu xizmatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga ko‘maklashuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili “Inson” markazlariga borgan holda yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish orqali “YAMIH” ATda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda “Inson” markazi xodimi yoki ijtimoiy xodim subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki uning qonuniy vakili nomidan “YAMIH” ATda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha so‘rov yuboradi.

Tadbirkor belgilangan muddatda subsidiya oluvchilarning turar joyiga yetib borishi hamda artezian qudug‘ini qazishi, suv nasosi va ichimlik suv filtrini o‘rnatishi lozim.

Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish maʼqullangani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi xabar “YAMIH” ATga avtomatik ravishda yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81514 | Инструменты