Huawei 1
Barcha ta’lim muassasalarida majburiy mehnat yuzasidan nazorat tadbirlari (reydlar) o‘tkaziladi

Joriy yilning 15-avgust sanasidan boshlab, butun Respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida "Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi" e’lon qilinadi. Mehnat inspeksiyasi barcha ta’lim muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazadi.

So‘nggi kunlarda o‘qituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari bo‘yicha e’lon qilinayotgan xabarlar fuqarolarimizning mehnat huquqlari daxlsizligi xavf ostidaligini ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun: OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ga yaqin o‘qituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari tasdig‘ini topib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan. Tegishli vazirlik va idoralarga qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, haftalik doirasida nafaqat ish beruvchilar balki, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan ham javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81514 | Инструменты