Huawei 1
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi prezident qarori (PQ-57-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-martgacha “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xo'jaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni to'g'ridan-to'g'ri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.

2025-yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg'ona tumanlarida, 2026-yilda esa qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sig'imi 100 tonnadan kam bo'lmagan muzlatkichli sig'imlar, urug'lik, ko'chat, kimyoviy vositalar va mineral o'g'itlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.

Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va ma'lumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish bo'yicha yagona xizmat ko'rsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi.

Platformada dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi ishga tushiriladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabi BMT Global taʼminot tarmog‘iga qo‘shilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты