Huawei 1
Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

Bundan ilgariroq Aziz Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

Shuningdek, Aziz Toshpo‘latov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. U muqaddam Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 14 yanvar kunidagi 6137-sonli farmoni bilan Aziz Toshpo‘latovga "general-mayor" maxsus unvoni berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30321 | Инструменты