Azizxon Umarxonov IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi
Polkovnik Umarxonov Azizxon Sharipxonovich IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Umarxonov Toshkent shahar IIBB boshlig'ining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, polkovnik Alikariyev Murodilla Saydullayevich Toshkent shahar IIBB boshlig'ining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51020 | Инструменты