Huawei 1
BAAda blogerlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan Fotima Hasanova "Guinness World Records 2024" g'olibiga aylandi

O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida BAAda blogerlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan "Guinness World Records 2024" g'olibi Fotima Hasanova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Fotima Hasanova xitoylik hamkorlari bilan birgalikda joriy yilning yanvar oyida Dubay amirligida bo'lib o'tgan "Guinness World Records 2024" "Ko'p millat vakillarini bir sahnada jamlash va xoreografik raqsni ijro etish" nominatsiyasi bo'yicha Ginnes rekordini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Vatandoshimiz ushbu Ginnes rekordini o'rnatishda bir sahnada 75 millat vakillarini yig'ishga muyassar bo'lgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, vatandoshimiz mazkur tadbirda milliy liboslarimiz bo'lmish zarchopon va do'ppida hamda o'zbek yozuvidagi "Dunyo tinchligi uchun" shiori ostida ishtirok etdi. Bu esa o'zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va an’analarini keng ommaga namoyish etishga xizmat qildi.

O'z navbatida, Fotima Hasanova BAAda media sohasida o'z faoliyatini boshlaganini hamda Bosh konsulxona bilan yaqin aloqalarni yanada mustahkamlashini bildirib o'tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82504 | Инструменты