“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li ham ushlandi

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

1. 1996 y.t. Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);


2. 1994 y.t. Zafarov Begzod Baxtiyorovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);3. 1983 y.t. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

4. 1975 y.t. Badalov Djaxongir Djurayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi);


5. 1978 y.t. Sulaymonqulov Sherali Ro‘ziyevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);


6. 1995 y.t. Tursunboyev Akmaljon Narimon o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

"Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50720 | Инструменты