Huawei 1
Endi har bir davlat banki oʻzining mikromoliya va faktoring kompaniyasini ochadi

Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Mustahkam huquqiy asos yaratilgani uchun joriy yilda 5,5 trillion so‘mlik mikromoliya va faktoring xizmatlari ko‘rsatildi.

Endilikda har bir davlat banki o‘zining mikromoliya va faktoring kompaniyasini ochib, unga xorijiy investorlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bunda banklar resurslarni qarzga emas, investitsiya sifatida olib kelmoqchi.

Kelgusi yilda mikromoliya va faktoring kompaniyalari orqali 10 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatish muhimligi taʼkidlandi.

Prezident banklarni o‘ylantirayotgan qator masalalar borligini taʼkidlab, ularning yechimiga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, banklar balansida 3 mingta harakatsiz mulk bor. Banklar ulardan tezroq qutilsa, qo‘shimcha resurs va 150 mingta ish o‘rni yaratish uchun zaxira paydo bo‘ladi.

Shu bois, banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishi belgilandi.

Shuningdek, banklar bu mulklarni daromadli biznesga aylantirib, tayyor holda investorga sotadigan tizim yaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121620 | Инструменты