“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
Xususan, Buxoro shahrida joylashgan “B.A.M." xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida birja savdolarida yutib olinib, ta’minotchi korxona tomonidan yetkazib berilgan Ai-80 avtobenzin AYOQSH orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSh birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121620 | Инструменты