Huawei 1
Birjada paxta yog'i va suyultirilgan gazning narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 27 dekabr – 2 yanvar kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 858,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 19,3% ga kamdir. Bu haqda birja Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, sotuvlarning 88,4% - birja savdolari; 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 11,0% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 644,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 2 434,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 66 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 609 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 519,0 ming so‘mdan 14 364,7 ming so‘mgacha, ya’ni 7,4% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 399 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 7 487 tonnasi, ya’ni 72 % qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 144 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 536,7 ming so‘mdan 2 422,7 ming so‘mgacha, ya’ni 4,5%ga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 491,1 ming so‘mni tashkil etdi.

Paxta tolasi

O‘tgan haftada birja savdolarida 7 219,0 tonna paxta tolasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 805 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 29 893 ming so‘mdan 27 410,6 ming so‘mgacha, ya’ni 8,3% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты