Bitiruvchilarning 6 yillik baholari o'rtacha ko'rsatkichi oliy ta'lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi
2022/2023 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta'limning so'nggi 6 yillik baholari o'rtacha ko'rsatkichi kiritiladi va ushbu ko'rsatkich oliy ta'lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.
Mazkur tartib “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilab berildi.
2022/2023 o'quv yiliga qadar o'quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta'minlash maqsadida barcha umumta'lim muassasalarida "Elektron kundalik" dasturi joriy qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50119 | Инструменты