Huawei 1
Bo‘stonliqda ziplayn uchgan fuqaro to‘siqqa urildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan dam olish maskanlarining biridagi ziplaynda nosozlik yuzaga kelishi oqibatida fuqaro jarohat oldi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 may kuni attraksionda ziplayn uchayotgan fuqaro to‘siqqa urilgani va jarohat olgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

Qayd etilishicha, videolavhada aks ettirilgan attraksionlar qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish davomida ushbu holat Bo‘stonliq tumani “Xumson” MFY Ugam dam olish maskanida joylashgan attraksionda yuz bergani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, attraksiondan foydalanishda keskin harakatlanish natijasida tormoz to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan va fuqaro to‘siqqa urilgan.

Holat to‘liq o‘rganilib, dam olish maskaniga o‘rnatilgan attraksiondagi kamchiliklar bartaraf etilmagunga qadar undan foydalanmaslik bo‘yicha oromgoh mutasaddilariga tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan.

Ma’lumot uchun, ziplayn bu — og‘ir yuklar va odamlarni mustahkam tross yordamida bir nuqtadan ikkinchisiga katta tezlikda tushirish imkonini beruvchi qurilma.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50620 | Инструменты