Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan “Barselona”-“Real” uchrashuvni FIFA referisi Ernandes Ernandes boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Ernandes Ernandes oxirgi marta 2019 yilning dekabrida, jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynagan “El klasiko”da ishlagan. Umuman olganda, hakam faoliyatida 4 ta “El klasiko”ni boshqargan. Shundan bittasida “Real”, bittasida “Barselona” g‘alaba qozongan va yana 2 ta bahsda durang qayd etilgan.
Uchrashuvda VAR tizimi uchun Martines Munuera mas’ul bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Barselona”-“Real” bahsi 11 may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga Montjuikdagi “Olimpiya” stadioni mezbonlik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60704 | Инструменты