Huawei 1
6-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Ichki ishlar organlari tizimi raqamli transformatsiya qilinadi

Qaror bilan ichki ishlar organlari faoliyatida zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda sohada yagona texnologik yondashuvni shakllantirish belgilandi.

Shaxslarning bank kartalaridagi pullarining talon-toroj qilinishini to‘xtatish choralari ko‘riladi

Qaror bilan shaxslarning bank kartalaridagi pullarini talon-toroj qilinishini to‘xtatish maqsadida banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlarini joriy etish hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilishlarini texnik (imkonsiz qilish) cheklash kabi choralar belgilandi.  

Ichki ishlar organlari tarkibida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti tashkil etiladi

Ichki ishlar organlarining axborot infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish, kriminogen vaziyatlar tahlilini avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.  

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Zufar Kurbanov Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari etib tayinlandi  

Davlat rahbarining qaroriga asosan Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi, ushbu lavozimga polkovnik Zufar Kurbanov tayinlandi.

Kiberjinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan banklar ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi

Qarorda shu bilan birga, bundan keyin kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boshqa shaxsiga doir ma’lumotldaridan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari o‘rnatiladi.

Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi

Karmana tumanida joylashgan “Toshkent parfum food” savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inning kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.

Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatini 17 ta medal bilan yakunlashdi

Peru poytaxti Lima shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi.

Voyaga yetmaganlar bank kartalarini ochishi bo'yicha talablar ishlab chiqiladi

Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog'liq shubhali (frod) operasiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo'lga qo'yadi.

Rossiyada mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar doimiy yashash manziliga qaytarildi.

Botir Qodirov yana jarimaga tortildi

Adliya vazirligi tomonidan xalqimiz orasida "Abdussamiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Qizg‘anaman”, “So‘nggi nafasgacha”, “Sog‘indim yomon” hamda “Dildora” nomli she’rlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganligi aniqlandi.

"G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi uch kunga yopildi

Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi uch kunga yopildi.

O‘zbekiston mart oyida ham dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yil mart oyida 11 tonna oltin sotdi. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, bu dunyo bo‘yicha oy davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Surxondaryoda ayol bozorda 3 yoshli qizchani sababsiz pichoqlab o‘ldirdi

Denov tumanida ruhiy nosog‘lom bo‘lgan ayol 3 yoshli qizga hech bir sababsiz oshxona pichog‘i bilan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50700 | Инструменты