Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 256,5 ming nafarga yoki 20,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Qirg‘iz Resp. – 631 240 nafar
Tojikiston – 281 539 nafar
Qozog‘iston – 240 644 nafar
Saudiya Arabistoni – 112 274 nafar
Rossiya – 69 065 nafar
Turkiya – 46 566 nafar
BAA – 44 796 nafar
Misr – 16 689 nafar
Tailand – 13 456 nafar
Vyetnam – 9 574 nafar
Boshqa davlatlar – 53 704 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50620 | Инструменты