Huawei 1
Bojxona tizimi xodimlarining daromadi va mol-mulklari deklaratsiya qilinadi

Yig‘ilishda bojxona xodimlarining halol ishlashini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim masala ekanligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan:

- bir oy muddatda bitta postda 3 yil ishlagan xodimlar rotatsiya qilinadi;

- 1 martdan barcha bojxona xodimlari faqat ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi;

- bojxona tizimida xodimlar daromadi va mol-mulkini deklarasiya qilish joriy etiladi;

- bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga 50 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu ustamalar aniq ko‘rsatkichlar (KPI) asosida belgilanadi;

- olis va sharoiti og‘ir postlarda ishlayotgan xodimlar ish haqiga qo‘shimcha ustamalar joriy etiladi;

- bojxona xodimlariga maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10522 | Инструменты