Huawei 1
Bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo'ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi.

Qonunga ko'ra, Jinoyat kodeksiga va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo'ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo'ravonlik bilan bog'liq ishlar yuzasidan yarashuv to'g'risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102212 | Инструменты