Huawei 1
Bosh prokuratura farg'onalik bloger ishi bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

Bosh prokuratura so'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'lgan farg'onalik bloger ishi bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi.

"Farg'ona viloyati prokuraturasi tomonidan joriy yilning may oyida So'x tumanida sodir bo'lgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb e'lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Shu bilan birga, fuqaro Xaydarjon Boboxaydarov (bloger) jinoyat ishi bo'yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangan.

Tergov davomida X.Boboxaydarovga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va himoya huquqi (advokat) ta'minlangan.

Ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi", - deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42803 | Инструменты