Huawei 1
Bosh prokuratura: Ish haqi va nafaqa pullarining 8,4 milliard so‘mi talon-toroj qilingan

Jamiyatda qonuniylikni taʼminlash, aholi manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlarga qarshi kurashish borasida prokuratura organlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov bu haqda maʼlumot berdi:

– Aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga   alohida   eʼtibor   qaratilmoqda. Xususan, “Temir daftar”ga kiritilgan 7 mingdan ziyod oilaga har tomonlama ko‘mak berilmoqda. Jumladan, ularning 3 ming 749 tasiga moddiy yordam berildi, 273 tasining uy - joyi taʼmirlanib, 98 tasiga yangi uy –joylar qurib berildi. 3 ming 186 nafardan ortiq ehtiyojmand oilaning ishsiz aʼzolari bandligi taʼminlandi.  

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin -qizlar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar izchil davom   ettirilmoqda. 11 oyda 4 ming 112 nafar yoshning ish bilan taʼminlanishida, 6 ming 796 nafariga ijaraga yer ajratilishida, 2 ming 147 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 5 ming 771 nafari o‘zini o‘zi band qilishida, 4 ming 962 nafarining kasb -hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida ko‘maklashildi.  

Aholi bandligi, ekologik muhitni asrab - avaylash borasidagi vazifalar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib   borilmoqda. Xususan, 412 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 3,1 milliard so‘m ish haqi undirib berildi.  

Prokurorlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan 711 mehnat yarmarkasida 9 ming 464 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.  

Ish haqi va nafaqa pullarining 8,4 milliard so‘mi talon - toroj   qilingani   aniqlanib, 76 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 84,6 million dona (rejaga nisbatan 106 foiz) ko‘chat ekilishi hamda bu haqdagi maʼlumotlar elektron platformaga hisobga qo‘yilishi   taʼminlandi.  

Tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va byurokratik to‘siqlarni   bartaraf   etishga   doir   vazifalar   ijrosiga  eʼtibor qaratildi. Xususan, joriy yilning 11 oyida tadbirkorlar, shu jumladan, xorijiy investorlarning 28 ming 570 nafariga “tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordam ko‘rsatildi.  

Shundan 7 ming 28 nafar tadbirkorga 817 milliard so‘mlik kredit, 499 nafariga yer maydoni, 140 nafariga bino ajratilishi,  1 ming 302 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 9 ming 899 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi.  

Natijada faoliyat ko‘rsatmayotgan 7 ming 836 tadbirkorlik subyektining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 10 mingdan  ortiq   ish   o‘rni  yo‘qotilishining   oldi   olindi. Shuningdek, 7 ming 897 yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, 18 ming 565  yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi.  

Shu bilan birga, 21 ming 980 holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘siqlar aniqlanib, bartaraf etildi. 15 ming 436 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari   tiklandi. Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 3 ming 231  muammo ijobiy hal etildi.  

Kredit mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini  taʼminlash   ishlari   ustidan   nazorat   yana-da   kuchaytirildi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,6 trillion so‘mi talon - toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 912 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida joriy yil noyabr oyining o‘zida 7,8 trillion so‘mlik muammoli kreditlar qisqartirildi.  

2024 yilgi investitsiya dasturi asosida kurilish - taʼmirlash   ishlari   amalga   oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib, 63 milliard so‘mlik sifatsiz ishlar va 83 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning   oldi olindi.  

Mazkur dasturlar ijrosi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 470 nafar shaxs intizomiy, 1 ming  899 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 363 jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 116 milliard so‘m undirildi.  

Xuquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashishborasidagi   tadbirlar   tizimli   ravishda   davom   ettirilmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida 3 ming 287 mahallada jinoyat qayd etilmadi, 4 ming 875 tasida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi.  

Tezkor - qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 31 ming 47 jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 7 ming 995 nafar shaxsning ushlanishi taʼminlandi.  

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka   rioya   etilishini   taʼminlash   choralari   doirasida surishtiruv va tergov organlarining 69 ming 810 nafar shaxsga nisbatan 56 ming 498 ta jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga   yuborildi. Bevosita prokuratura organlari tomonidan 13 ming 522  jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 12 ming 329 nafar shaxsga nisbatan 8 ming 135 jinoyat ishi sudlarga yuborildi. Jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,8 trillion  so‘mlik zarar undirildi.  

Ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir tadbirlar doirasida 140 mingdan ziyod tadbir tashkil etildi. Shundan 42 ming 924 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirildi. Bosh prokuratura rasmiy veb - saytida 5 mingdan ortiq, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida 15 mingdan zid xabarlar eʼlon   qilindi. Prokuratura tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida 17 brifing o‘tkazildi.  

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122506 | Инструменты