O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning Umumiy ovqatlanish korxonalari milliy assotsiatsiyasining (The Nationwide Caterers Association – NCASS) xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha direktori Mark Lori bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Muloqot davomida Mark Lori tashkilot faoliyati haqida batafsil so'zlab berdi. Assotsiatsiya O'zbekistonda tashkil etilayotgan gastronomik ko'chalar, ya'ni ko'cha taomlari sanoati obyektlarining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha o'zining ko'magini va amaliy tavsiyalarini ko'rsatishga tayyorligi bildirildi.
Britaniya tomoni, NCASS kelgusida O'zbekistonda mazkur yo'nalishlarda muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirishi mumkinligini ta'kidladi.
Suhbat yakunida mazkur yo'nalishdagi hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan uchrashuv va muzokaralar tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.
Britaniyaning Umumiy ovqatlanish korxonalari milliy assotsiatsiyasi bosh ofisi Birmingem shahrida joylashgan. NCASSga mamlakat bo'ylab 10 mingga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalari a'zo. Uning asosiy vazifasi umumiy ovqatlanish hamda oziq-ovqat sanoati korxonalariga, jumladan ko'cha taomlari sanoati "street food"larning ommalashishida amaliy va nazariy yechimlarni ishlab chiqish masalalarida ko'maklashishdan iborat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111220 | Инструменты