Huawei 1
Ilon Mask Trampning kadrlar tanlash qaroriga ta’sir ko‘rsatmoqchi — OAV

Amerikalik milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampning bo‘lajak administratsiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Mask kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda o‘z hissasini qo‘shishni taklif qilgan. U saylovdan keyin Tramp atrofidagi nufuzli shaxsga aylangan. Milliarder siyosatchining Floridadagi Mar-a-Lagodagi qarorgohiga deyarli har kuni borishi ta’kidlanmoqda.

U saylov oqshomida Tramp oilasining suratida ham ko‘rinish bergan, bo‘lajak birinchi xonim Melaniya Tramp bilan kechki ovqatda birga bo‘lgan. Dam olish kunlari esa Tramp oilasi bilan golf o‘ynayotganida ko‘ringan. ABC News manbalari ta’kidlashicha, Mask hatto respublikachining kadrlar qarorlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.U Trampning xorijlik yetakchilar bilan kamida ikkita qo‘ng‘iroqlarida qatnashgan. Ukraina prezidenti bilan suhbatda Tramp hatto go‘shakni Maskka bergani aytilmoqda. Bundan tashqari, milliarder respublikachining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon suhbatida ishtirok etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111406 | Инструменты