O'zgidrometning xabariga ko'ra, bugun, 10-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha 31-36° atrofida bo‘lgan qulay harorat bilan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat Farg'ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin.
Janubda va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Namangan va Farg'ona viloyatlarining tog' oldi va tog'li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51201 | Инструменты