Toshkent shahar hokimliginim ma'lum qilishicha, bugun,19-avgust kuni Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi yurtimizga qaytib keladi. Shu sababli ularni kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati to'xtatiladi:
— Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
— Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
—Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha.
Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlari so'ralmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52409 | Инструменты