Huawei 2
Butunjahon yoshlar festival o’z faoliyatini boshladi

Iyun oyi O'zbekistonda "Yoshlar oyligi" deb e'lon qilingan va uning doirasida, turli xil tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. 26-iyun kuni Samarqand shahrida Butunjahon yoshlar festivalining ochilish marosimi bo'lib o’tdi. Unda bir yarim mingdan ortiq xorijiy va mahalliy faol yoshlar ishtirok etishdi. 

Butunjahon yoshlar festivalning ochilish marosimi Samarqandning Boqiy Shahar majmuasining amfiteatirida bo’lib otdi.

Festivalni o’z so’z nutqi bilan Yoshlar ishlar agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev ochib berdi.

Festivalda 1,5 migdan ortiq yoshlar ishtrok etib, ulardan mingga yaqini xorijiy davlatlardan tashrif buyurishgan. Ular uchun Boqiy Shahar majmuasida gala konsert tashkil etildi. U yerda yoshlar, O'zbekistonning mashhur san'atkorlari va blogerlari tomonidan ijro etilgan musiqa va raqslardan bahramand bo'lishdi.

Festivalning asosiy qismi 27 va 28-kunlari Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkentda bo’lib o’tadi. Uning doirasida forumlar, festivallar, konferensiyalar va davra suhbatlara tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu festival O'zbekiston yoshlarining intellektual, ma'naviy, va jismoniy salohiyatini ro'yobga chiqarish, dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan sog’lom muhitni yaratish, milliy an’analarimizni va urf-odatlarimizni keng targ’ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.  


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63023 | Инструменты