Andijon viloyatining Marhamat tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-trasport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat kecha, 29-iyun kuni tumandagi “Gar-Gar” MFY hududidan o‘tgan 4R-138 avtomobil yo‘lining 33-kilometrida sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi T.M. o‘zining Nexia-2 mashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborishi oqibatida, asosiy yo‘ldan kelayotgan Matiz rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Matiz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketishi tufayli o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia va Tracker avtomobillari bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida Matiz haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Transport vositalari esa texnik shikastlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122319 | Инструменты