Kuvayt O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar eksportini kengaytirmoqchi

Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi ko'magida O'zbekiston va Kuvayt kompaniyalari vakillari o'rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA.

Jumladan, mamlakatimizdagi "Helathunuts LLC", "Avvali Kokand", "Sunny Fruits" "UzKand" va "Srafers Co" kompaniyalari vakillarining Kuvaytning "Lulu Hypermarket" savdo majmuasi tijorat menejeri Ajesh Unikrishnan bilan kechgan muzokaralari chog'ida ushbu davlatga O'zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va qandolat mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

O'tkazilgan onlayn muzokaralar natijasida O'zbekiston mahsulotlarini Kuvayt bozoriga joylashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish uchun o'zaro muloqotni davom ettirish va namunalar taqdim etish to'g'risida kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70217 | Инструменты