Buxoro va Namangan viloyatlarida ham chiqindi uchun to‘lov narxlari o‘zgardi

Buxoro hamda Namangan viloyatlarida ham maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi. Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Unga ko‘ra:

Buxoro viloyatida esa aholi uchun shaharlarda 1 kishiga oylik 5000 so‘m, tumanlarda 4000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 tonna uchun (QQSsiz) shaharlarda 186 ming so‘m, tumanlarda 160 ming so‘m va 1 m³ uchun (QQSsiz) shaharlarda 83 ming so‘m, tumanlarda 71 ming so‘m to‘lov miqdori etib belgilanishi ma’qullandi.

Namangan viloyati bo‘yicha aholi uchun 5000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQSsiz) 50 ming so‘m to‘lov miqdori belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikamizning boshqa hududlarida ham qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflarini belgilashga doir chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida va poytaxtda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50820 | Инструменты