Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan DXX, Bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumanidagi “Sarmijon” yo‘l-patrul xizmati maskanida fuqaro M.T.ning boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, umumiy bahosi 225 mln so‘mlik 15 000 quti “Milano” hamda 1 000 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. Mustaqillik MFY hududida joylashgan savdo do‘konida 22 xil turdagi jami 3 111 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41104 | Инструменты