Huawei 1
"Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”: Samarqandda ekologik bilimlar bellashuvi

O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika tanlovida ishtirok etmoqda. Ekologik bilim va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan mazkur musobaqa bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalariga yoshlarning e’tibori yuqoriligini ko’rsatdi. Joriy yilning yanvar-mart oylarida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning maktab o’quvchilari respublika bosqichiga Samarqand shahri mezbonlik qildi

Musobaqada 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etib, ekologik qonunchilik, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har bir ta’lim muassasasidan 8 kishidan iborat jamoalar shakllantirilib, ular saralash bosqichidan boshlab, respublika finaligacha bo‘lgan 5 bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Eko-tanlov to‘rtta asosiy shart bo‘yicha o‘tkazildi. Birinchi shart ishtirokchilar o‘zlari yashab turgan hududlarning ekologik holati, piknik madaniyati va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida ma’lumot berishdi. 

Ikkinchi shart – "Intellektual ring" deb nomlandi. Jamoalar atigi 3 daqiqa ichida ekologik, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi savollarga javob topishga harakat qilishdi. 

Uchinchi shartda ishtirokchilar yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ibratli sahna ko‘rinishini namoyish etishdi.

To‘rtinchi shartda esa jamoalar eng yaxshi ekologik loyihalarni taqdim etishdi. Yakunda jamoalar ballari tenglashib qoladigan bo’lsa, g’oliblar sardorlar bahsi orqali aniqlanishi ham aytib o’tildi.

Bahs-munozaralar va qiziqarli savollardan tashkil topgan tanlov yoshlar orasida qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqiy immunitetni shakllantirishga ham xizmat qildi. G‘olib va faol ishtirokchilar esa diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41813 | Инструменты